Insonning Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralarda yashab ketishi mumkinmi?

Insoniyatning Yerdan boshqa sayyorada omon qolish imkoniyati bormi? Odam bolasi Mars sayyorasini zabt etishni va uni insoniyat uchun ikkinchi vatan qilishni rejalashtirayotgan bir davrda yashayapmiz. Olimlar qachonlardir, ehtimol, Marsni ham hayot uchun yaroqli holatga olib kelar. Biroq bugungi kunda insoniyatning Yerdan boshqa sayyorada omon qolish, qolaversa, yashab ketish imkoni mavjudmi? Quyosh tizimining boshqa sayyoralarida odamzot qancha vaqt hayot kechira olishi mumkinligiga oydinlik kiritamiz.

Merkuriy

mercury

Merkuriyda inson 0.001 soniya yashay oladi. Sayyoradagi ob-havo harorati -180 darajadan +430 darajagacha o‘zgaradi. Merkuriyga sayyohatga borgan odam tiriklayin yonib ketadi yoki muzlab qoladi (sayyohning skafandrda bo‘lish bo‘lmasligi ahamiyatga ega emas). Bunday shafqatsiz havo haroratiga qaramasdan, sayyoraning tun qismida nazariy jihatdan baza qurish imkoni mavjud. Bundan tashqari, agar Merkuriy tubiga tunnel qazilsa, omon qolish imkoniyati keskin oshadi. Eslatib o‘tamiz, bu faqat nazariy jihatdan.

Venera (Zuhra)

Yashash muddati: 0.94 soniya. Venera atmosferasi 98 foiz karbonat angidrid gazidan iborat bo‘lib, havo bosimi Yernikidan 92 barobar ko‘p. U yerga borgan fazogirni havo bosimi “g‘ijimlab” tashlaydi yoki uning nafas yo‘llari kuyib ketadi. Venera inson uchun naqd do‘zaxning o‘zginasi.

Mars

Mars

Yashash muddati: bir necha sutka. Mars – insoniyat tomonidan o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan sayyora. Biroq birinchi navbatda, qizil sayyorani kislorod bilan ta’minlash zarur. Bu yerning atmosferasi 95 foiz karbonat angidriddan iborat. Bundan tashqari, Marsdagi radiatsiya insonni bir necha kunda nobud qiladi.

Yupiter

1198235-281611-4x202628

Yashash muddati: 0.03 soniya. Yupiterda omon qolishning umuman iloji yo‘q. Ushbu sayyora faqat gazlardan iborat – u gazli gigant. U yerga borgan odam shunchaki, nafas ololmasdan nobud bo‘ladi.

Saturn

org_szkn478

Yashash muddati: 0.03 soniya. U yerga yetib borgan fazogirga hech qanday imkon qoldirmaydigan, yana bir gazli gigant. Sturn atmosferasi va boshqa omillar hisobga olinmagan taqdirda ham – u yerda 1800 km/soatiga tezlikda shamol esadi va shamolning tezligi fazogirni mayda qismlarga bo‘lib tashlaydi.

Oy

image0386

Yashash muddati: bir necha sutka. Inson qadami yetib borgan yagona sayyora. Boshqa sayyoralar bilan taqqoslaganda, oy ancha mehmondo‘st. Bu yerda atmosfera ham, magnit maydoni ham mavjud emas. Biroq oyda radiatsiya darajasi juda yuqori. Shunga qaramasdan skafandr kiygan fazogir, bu yerda bir necha kun yashay oladi.

Uran

1361886246_uran

Yashash muddati: 0.001 soniya. Uran qobig‘i suv, ammiak va metandan iborat qattiq  va zich bo‘lgan qaynoq suyuqlikdan iborat. Odam bolasi u yerga yetib borishga ham ulgurmaydi, u shunchaki izsiz erib ketadi.

Neptun

neptune_pic2

Yashash muddati: 0.05 soniya. Ushbu gigantning atmosfera tarkibi Uran atmosfera tarkibi bilan deyarli bir xil. Neptunda quyosh tizimidagi eng kuchli shamol esadi. Shamol tezligi soniyasiga 2300 metrni tashkil etadi. Inson uchun bunday shamol tezligi albatta, fojiali yakunlanadi.

Quyosh

скачанные файлы

Yashash muddati: 0.000... soniya.

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.