Ish haqi to‘lanadigan g‘alati kasblar

Hamma kasblar kerak, barcha kasblar muhim. Hattoeng g‘alatilari ham. Bu mutaxassisliklar hattonufuzli universitetlarning broshyuralarida hechqachon topilmasligi mumkin. Shunga qaramay,ayniqsa, ularning kamyobligi hisobga olinsa, bunday kasb vakillari jamiyat uchun o‘ta zarurdir.
Mabodo sizda kasbingizni tubdan o‘zgartirib,biror bir ekzotik narsani qidirmoq istagi paydo bo‘lib qolsa, ushbu ro‘yxatga razm soling.
Siyohli ruchkalar “doktori”
Ingliz tilida siyohli avtoruchkalar tuzatuvchisi vasiyoh bilan to‘ldirib beruvchi mutaxassisni aynan shunday deb atashadi. Axir, hatto XXI asrda ham eski siyohli ruchkalar bilan foydalanishadi-da.
Akvapark qurilmalari sinovchisi
Akvaparkdagi suv attraksionida uchish uchun pul olish? Bu orzu qilinadigan ish emasmi?
Jo‘jalar jinsini aniqlovchisi
Vazifa oson tuyuladigan darajada oddiy emas. Tovuqlarning keyingi taqdiri uning to‘g‘ri bajarilishiga bog‘liq.
Golf to‘pi sho‘ng‘uvchisi
Haqiqiy janoblar o‘yini maydoni ko‘pincha daryolar, ko‘llar va boshqa go‘zal joylar yonida joylashgan. Tajribasiz o‘yinchilar qattiq zarba bilan to‘plarni suvga tushirib qo‘yishadi. Elita golf klublari yiliga 100 000 dollar atrofida maosh oladigan maxsus o‘qitilgan g‘avvoslarni yollash imkoniyatiga ega. Biroq, bu ish mas’uliyatlilikni talab qiladi: kamida ikkita golf to‘pi sho‘ng‘uvchisi navbatchilik paytida halok bo‘lgani qayd etilgan.
Itlar ovqatini tatib ko‘ruvchisi
To‘rt oyoqli do‘stlarimiz uchun pazandalik mahsulotlari afzalliklarini ifodalab berish unchalik oson emas. Ushbu kasb vakillari birinchilardan bo‘lib “itlar ovqati yanada mazali bo‘lib ketayotgani”ni bilib olishadi.
Saqich tatib ko‘ruvchisi
Chaynang va maosh oling. Bu kasb egalari chaynab yurgani uchun oylik oladi. Yana, bu yomon odat emish...
Feysfiler
Ular begonalarning yuziga tekkani uchun pul oladi. Albatta, hammani emas, balki faqat yangi kremni surtib ko‘rganlarni. Shu tarzda mutaxassislar ma’lum bir kosmetik mahsulot terini qanchalik yumshatishini aniqlab berishadi.
Manyeken odam
Ba’zi do‘konlar deraza ortida kiyimlarni ko‘rsatish uchun odamlarni yollashni afzal ko‘radi. Garchi plastik manekenlar ish haqi talab qilmasa-da, ko‘plab xaridorlar ular mutanosibligini haqiqatdan uzoqda deb biladi. Va umuman olganda, ular dahshatli ko‘rinadi. Chehralari “muzlatib” qo‘yilgan jonli modellar bu boshqa gap...
Uy hayvonlari detektivi
“Eys Ventura” filmidagi qahramon xayoliy bo‘lsa-da, Jim Kerrining aqldan ozgan qahramoniningkasbi juda realdir. Ko‘pchilik yo‘qolgan uy hayvonini topib olgan har bir kishiga katta miqdorda pul berishga tayyor. Endi ba’zi “haqiqiy” detektivlarning to‘rt oyoqli hayvonlarni izlab topish bilan bog‘liq xususiy amaliyot olib borayotgani ham ajablanarli emas.
Dinozavr tozalovchisi
Vashingtondagi Tabiat tarixi muzeyi ishchisi Frenk Breysted (Frank Braisted) 30 yildan ortiq vaqt davomida haftasiga besh kun, kuniga ikki marta dinozavr skeletlaridagi changni tozalash uchun maxsus cho‘tka va changyutgichdan foydalanib kelgan. Frenk bilan uchrashgunga qadar 145 million yoshli gigant kaltakesak hech qachon o‘zinibunchalik toza his qilmagan bo‘lsa kerak.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.