Ishtixon tuman FHDYo bo‘limi 6 oyga obuna qilingan
- 15.07.2019 20:01
- 221
- Dolzarb
“Zarafshon” gazetasining joriy yil 9 iyul, 87-sonida “Tijoratga aylanayotgan ma’rifat yoki obunachi va yetkazib beruvchi munosabatlari xususida” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Unda viloyatimiz shahar va tumanlaridagi korxona-tashkilotlar, muassasalarga, jumladan, Ishtixon tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga davriy nashrlar o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani bayon qilingan.
Maqola yuzasidan Ishtixon pochta aloqa tarmog‘i boshlig‘i T.Rajabov imzosi bilan javob xati keldi. Unda jumladan, shunday yoziladi:
“Ishtixon tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi Ishtixon pochta aloqa bog‘lanmasidan bir nusxa “Zarafshon” va ikki nusxa “Ishtixon ovozi” gazetasiga 6 oyga obuna qilingan. 2019 yil iyul oyidan boshlab, gazetalarni yetkazib berish uchun tuzilgan shartnoma muddati tugagan. Shu sababli tashkilotga gazetalarni yetkazib berish to‘xtatilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa