Ishtixondagi MTTning xo‘jalik mudiri firibgarlikda ayblandi

Insonning katta dushmani - bu uning nafsi. Ba’zida boylikka o‘chlik ortidan nafs domiga tushgan kimsalar barcha narsasidan bir zumda mahrum bo‘ladi.

E.S. oilali, ikki nafar farzandning otasi. Qo‘ng‘irot MFYdagi Kattato‘qmoq qishlog‘ida yashaydi. Tumandagi maktabgacha ta’lim bo‘limida xo‘jalik mudiri vazifasida ishlaydi. Unga «Jahongir chorvalari» MChJ rahbari  Jahongir Sh. MTT bilan go‘sht maxsulotlari yetkazib berishga shartnoma tuzish uchun bo‘lim boshlig‘iga 1 million so‘m miqdorida pora berish lozimligini tushuntiradi.

2019 yil 11 may kuni soat 11.00 larda Jahongir Sh.dan 1 million so‘m  miqdordagi pullarni Ishtixon ko‘chasida joylashgan Istirohat bog‘iga kiraverishda o‘z boshqaruvidagi avtomashina salonida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi. Natijada xo‘jalik mudirining firibgarlik jinoyati oxiriga yetmay qoldi.

Ushbu harakatlari bilan sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi JK 25, 168-moddasining 1-qismi va 25, 28, 211-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun jazoga tortildi.

F.HAMROQULOV,

IJQK Departamenti Ishtixon tuman bo‘limi boshlig‘i.