Ishtixonlik 70 nafar yoshga dehqonchilik qilish uchun 40 gektar yer maydoni ajratildi

Prezidentimizning 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha alohida vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosi Ishtixon tumanida ham samarali tashkil etildi.

Gap shundaki, tuman miqyosida uyma uy yurish natijasida aniqlangan ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida dehqonchilik qilish istagini bildirgan 70 nafar band bo‘lmagan yoshning har biriga Shayxislom mahallasi hududidan 58 sotixdan jami 40 gektar yer maydoni ajratildi. Shuningdek, yerga ishlov berishdagi xarajatlar uchun davlat hisobidan har bir yoshga 2,26 million so‘mdan subsidiya berildi.

Yangi rejalar bilan ish boshlayotgan yoshlarga tumandagi "Shayxislom agro frukt ishlab chiqarish" kooperativi rahbari K.Murodov ham texnika, ham ekin yetishtirish texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘z ko‘magini bermoqda.

Olim Qo‘chqorov.