Isitish tizimi va issiq suv narxi ham oshiriladi
- 01.08.2019 14:39
- 4507
- O‘zbekiston

2019 yilning 15 avgustidan isitish tizimi va issiq suv ta’minoti uchun ham tariflar oshadi, deb xabar bermoqda “Toshissiqquvvati”.
Ma’lum bo‘lishicha, aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1 772 so‘mgacha oshiriladi (hozirda — 1 610,99 so‘m).
Issiq suv ta’minoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 20 470 so‘mni tashkil etadi (hozirda — 18 609,24 so‘m), hisob uskunasi bo‘lganda issiq suv ta’minoti kubometriga 5 242 so‘mga (hozir - 4 765,20 so‘m) teng bo‘ladi.
Umumiy yuvinish xonasi bo‘lgan yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv narxi kishi boshiga bir oyda 15 228 so‘mni (hozirda — 13 843,47 so‘m) tashkil etadi.
15 avgustdan boshlab yetkazib berilayotgan issiq energiyasining ulgurji narxi QQSni hisobga olmaganda, bir Gkal uchun 106 500 so‘m, QQS bilan qo‘shilgan holda 127 800 so‘mni tashkil etadi.