Islohotlar yetib bormayotgan maktablar
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi viloyatdagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, sohasda amalga oshirilayotgan islohotlar, bundan pedagoglarning xabardorligi, muassasalardagi muammo va kamchliklar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rganmoqda.
Bugun, 21 noyabr kuni ishchi guruh a’zolari Samarqand shahri, Bulung‘ur va Jomboy tumanlaridagi maktablarda bo‘ldi. Afsuski, ayrim maktab direktorlarining o‘z faoliyatiga, atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarqligi, mas’uliyatsizligi ham namoyon bo‘lmoqda. O‘zibo‘larchilik ishlarini ko‘rib, bu kabi rahbarlarni doimiy ravishda uyg‘otib turish zarur, degan xayolga boradi kishi.
Samarqand shahridagi 74-umumta’lim maktabining ta’lim-tarbiya jarayoni, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilganda, bir jihat e’tiborimizni tortdi. Emishki, 2020 yil — "IQTISODIY O'SISH VA YANGI OMMAVIY AXBOROTNI RIVOJLANTIRISH YILI"....
Samarqand shahridagi 75-maktabning direktoridan tortib, ma’naviyatchilari, ona tili va adabiyot fanlari o‘qituvchilari o‘quvchi-yoshlar uchun muhim targ‘ibot materiallari hisoblangan devoriy ko‘rgazma vositalariga e’tiborsiz munosabatda.
Ishchi guruh a’zolarining o‘rganish ishlari natijalari haqida batafsil axborot beriladi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.