Islom Taraqqiyot banki Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga grant ajratdi
2018 yilning 18 sentyabrida Islom Taraqqiyot banki va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka oid memorandum imzolangan edi. Kelishuvga ko‘ra, Islom Taraqqiyot banki Markaz uchun grant ajratdi. Grant pullarining bir qismi Markaz ilmiy-tadqiqotlari uchun muhim bo‘lgan qo‘lyozma manbalar va kitoblarni skaner qilishga mo‘ljallangan apparatga va Markaz faoliyatini barqaror rivojlantirishga qaratilgan.
2018 yilning dekabr oyida Islom Taraqqiyot banki va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida imzolangan memorandum bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning keyingi bosqichi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
- O‘tgan yilning sentyabr oyida Islom Taraqqiyot banki Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi uchun grant ajratgan edi, - dedi xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Fazliddin Madiyev. - 2018 yilning noyabridan boshlangan harakatlarimiz nihoyat, bugun grant bosqichining uch tomonlama rozilik imzosi bilan amalga oshdi. Bu amalga oshirilgan loyiha asosida endi Markazimiz Germaniyaning eng yaxshi firmalaridan biri ZEUTSCHEL (Zoychel) ning raqamli kitob skaneri bilan to‘liq ta’minlanadi va markaz fondida saqlanayotgan barcha ma’naviy boyliklar xalqimizga va mutaxassislarga elektron tarzda yetkazib beriladi.