Isrof bo‘layotgan suv haqini kim to‘laydi?

Insonning kunlik suvga bo‘lgan talabi 2-5 litrni tashkil etadi. Suv inson organizmining barcha hujayralari uchun ozuqa hisoblanadi, uning asosiy qismini suv egallaydi. Masalan, qonda suv miqdori - 90 foiz, miyada - 85 foiz, mushaklarda - 75 foiz, jigarda - 65 foiz, suyaklarda - 28 foiz, yog‘ to‘qimalarida esa 25 foizni tashkil etadi. Organizmdagi barcha kimyoviy reaksiyalar suv ishtirokida bo‘ladi.

Bu bebaho ne’matni barcha sifat jarayonlaridan o‘tib, iste’molchiga yetkazib berish ham katta xarajatni talab etadi. Suvsiz hayot yo‘q.
Endi ayting, yo‘l bo‘ylarida isrof bo‘layotgan suvning qadriga kim yetishi kerak? Uning haqini kim to‘laydi?