Isroilning Damashqdagi raketa hujumi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiy-havo kuchlarining Damashq janubi-g‘arbiy hududlariga raketa hujumi oqibatida kamida besh kishi, jumladan, Suriya armiyasining a’zosi halok bo‘lgan. Bu haqda Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligining SANA agentligi tarqatgan bayonotida aytiladi.

“Isroil dushmani yakshanba kuni soat 00:22 da (Toshkent vaqti bilan 03:22) Suriyaga havodan tajovuzni amalga oshirdi”, deyiladi hujjatda. “Raketalar Golan zabt etilgan tepaliklari ustidagi havo hududidan Damashq shahri va uning atrofiga uchirilgan. Unda qayd etilishicha, hududga katta miqdorda moddiy zarar yetkazilgan, jumladan, aholi turar joylaridagi uylar vayron qilingan.

Suriya havo mudofaa tizimlari nishonlarini o‘qqa tutgan va raketalarning ko‘pini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.