Isroilning G‘azoga zarbalari oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi
Bu haqda Quds News Network xabar berdi.
G‘azo sektori sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 215 kishi jarohatlangan. Bugun ertalab Falastin Islomiy Jihod guruhining yana bir yuqori martabali qo‘mondoni Xolid Mansur Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumida halok bo‘ldi, deb xabar berdi al-Quds brigadasining harbiy qanoti.
5 avgust kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida Falastinning “Islom jihodi” guruhiga qarshi “Tong” operatsiyasini boshlagandi. Harbiylar anklavga hamon zarba bermoqda, G‘azo sektoridan Isroilga raketalar uchirilmoqda.
Isroilning orqa qismida favqulodda holat e’lon qilingan, G‘azo bilan chegaradosh hududlar va mamlakat markazidagi ba’zi shaharlarda havo hujumi haqida ogohlantirish eshitilmoqda.
Isroil bosh vaziri Yair Lapidning aytishicha, "Islomiy jihod" ob’yektlariga zarbalar isroilliklar uchun aniq tahdidni yo‘q qilishga va "terrorchi va ularning sheriklari"ga qaratilgan. Isroil o‘z fuqarolari tinchligini ta’minlash uchun ikkilanmasdan harakat qilishda davom etadi", dedi u.
“Islomiy jihod” yetakchilaridan biri Xolid al-Batsh vaziyatning keskinlashuvida Isroilni aybladi va bu harakat “xalqni tajovuzdan himoya qilishdan boshqa chorasi yo‘qligi”ni aytdi.