Issiqxonadagi mahsulotni zararkunandadan qanday asrash mumkin?

Joriy yilda Samarqand viloyatida 71 gektar maydonda issiqxona va 21 gektarda limonxonalar tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda viloyatimizdagi mavjud issiqxonalarda asosan pomidor, bodring, shirin va achchiq qalampir, sarimsoqpiyoz, ko‘katlar, karam va boshqa turdagi ekinlar ekilmoqda. Ammo ekinlar mavsumda (kuzgi tunlam, simqurti, nematodalar, pomidor zang kasali, o‘rgimchakkana, shiralar, kuya, oqqanot va g‘ovaklovchi pashsha, gama tunlami) kabi turli zararkunandalar tufayli hosildorlik kamayadi. Bundan tashqari, (fuzarioz va vertitsilyoz so‘lish, fitoftoroz, qo‘ng‘ir dog‘lanish, kulrang chirish, bodring va tamaki mozaikasi) kabi kasalliklar tufayli hosilning 60-70 foizi yo‘qotiladi.

Xo‘sh, issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlarni bunday zararkunandalardan qanday asrash mumkin?

Buning uchun issiqxonalarda uchrovchi zararli organizmlarning tur tarkibi, ularning dominat turlari, tarqalish areali va biekologik rivojlanish xususiyatlari hamda ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash usullari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mutaxassislar fitosanitariya nazoratini kuchaytirib, bunday zararkunandalarga qarshi kurashmoqda. Issiqxonalarda ekinlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, sifatli va yuqori hosil olish choralari ko‘rilmoqda.

Akram FOZILOV,

viloyat o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot kotibi.