Jahon chempionatiga otlangan sportchiga yo‘lkira ajratiladigan bo‘ldi
Ishtixon tumanidagi 21-musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 4 ta sektor rahbarlari hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri aholining muammolarini tinglab, ularga yechim topish choralarini ko‘rdi.
Qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolarning muammolari tinglandi.
Asosan, aholining kommunal xo‘jalik, yo‘l ta’miri, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, kredit, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer maydoni ajratish kabi masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarini hal etish bo‘yicha tuman tashkilotlari mutasaddilariga topshiriqlar berildi.
– Sportning armrestling turi bilan shug‘ullanaman, – deydi Umidjon O‘sarov. – Ruminiyaning Konstanta shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritganman. Ammo yo‘l xarajatlariga oilamizning imkoniyati yetmayapti.
Tadbirda U.O‘sarovning jahon chempionatiga borishi uchun moddiy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.