Janjalda ishtirok etgan talabalarga nisbatan jazo tayinlandi

Joriy yilning 4 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand shahar A.Navoiy bog‘ida bir guruh talabalar o‘zaro janjallashmoqda” nomli videorolik tarqalgan edi.

Samarqand shahar ma’muriy sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzar I.T.ga bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari, ya’ni 223.000 (ikki yuz yigirma uch ming) so‘m jarima jazosi, Z.O., A.A., O.R.larga bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari, ya’ni 446.000 (to‘rt yuz qirq olti ming) so‘m jarima jazosi, A.T.ga bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari, ya’ni 669.000 (olti yuz oltmish to‘qqiz ming) so‘m jarima jazosi, Sh.T.ga bazaviy hisoblash miqdorining 4 (to‘rt) baravari, ya’ni 892.000 (sakkiz yuz to‘qson ikki ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.