Jar yoqasidagi uylar
Ba’zi odamlar dengiz qirg‘og‘idagi shinamgina uyda yashashni orzu qilsalar, boshqalari haqiqatan ham unutilmas manzaralar va yorqin his-tuyg‘ularni afzal ko‘rishadi. Ushbu binolar egalari balandlikdan qo‘rqmasligi aniq, chunki uylari tom ma’noda tubsizlik yoqasida joylashgan. Shu bilan birga, ichkarida tirikchilik uchun hamma narsa ikir-chikirlarigacha o‘ylab topilgan! Bugun sizlarni haqiqatan ham e’tiborga loyiq qoyalar ustida qurilgan hayratlanarli binolar bo‘ylab sayohatga chorlaymiz.
Maralah, Kanada
Qoyadagi “mini” uy - bu Laertisa-Antoniosa Ando Vasiliouning ijod mahsuli. Arxitektor binoni Infiniti Motors Limited kompaniyasi bilan hamkorlikda eksklyuziv proyekt uchun loyihalashtirdi. "Maralah" so‘zi Kanadaning mahalliy tilidan "zilzila paytida tug‘ilgan" deb tarjima qilinadi.
Shahardagi gavjum hayotdan uzoqlashish maqsadida izolyasiya qilingan, qisman osilgan, qisman qoya ichiga o‘rnatilgan kottejning poldan shiftgacha bo‘lgan derazalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri daryoga chiqib, uning ajoyib manzaralarini namoyon etadi.
SC Villa, Livan
Livandagi Akura shahri tepasida joylashgan qoyada o‘rnatilgan bu uy “Youssef Tohme Architects & Associates” kompaniyasi tomonidan gavjum shaharni tinchgina joyga alishtirmoqchi bo‘lgan mijoz uchun yaratilgan. Ta’sirchan fasad beton devorlarga o‘rnatilgan mahalliy qora toshdan qilingan. Dizayn haqiqatan ham dadillik bilan qurilgan: uyning orqa tomoni pastdagi tik qoyaga qaragan holda butunlay ochiq qoldirilgan. Tog‘ cho‘qqilarining o‘rtasida joylashgan hovlidan yaqqol hayratomuz balandliklar manzarasi ko‘rinadi.
The Pole House, Avstraliya
Foto: loveproperty.com
Avstraliyadagi plyajdan 39 metr balandlikda joylashgan bino dengizning unutilmas manzaralari, shuningdek, dunyodagi eng go‘zal cho‘llardan biri deb hisoblanadigan Buyuk Okean yo‘lini taqdim etadi. Ajablanarlisi, uya po‘lat ustunlarga suyanadi va unga shisha panjaralar bilan o‘ralgan 23 metrlik yo‘lak orqali kirish mumkin.
The Pumpkin House, AQSh
Foto: loveproperty.com
Nyu-York shahridagi Gudzon daryosi ustida joylashgan Qovoq uyi jarlik yoqasidagi uylar orasida yana bir mashhuridir. 1920-yillarda qurilgan bino o‘zining asl nomini quyosh botganda porlab turgan qovoqqa o‘xshash o‘ziga xos derazalari shakli tufayli oldi. Yevropa uslubida qurilgan ajoyib olti xonali qurilma gumbazsimon shiftlar va antiqa yog‘och mebellarga ega. Hayratlanarli manzaralardan bahramand bo‘lishni xohlaydigan mehmonlar uchun hatto alohida studiya ham mavjud.
Mountain House, Kanada
Eronlik arxitektor Milod Ishtiyoqining bu loyihasi hali konsepsiya bosqichida bo‘lib, joy sifatida qoya ustida o‘sayotgan to‘rtta daraxt atrofi tanlangan. Bir oila Vankuverning sharqiy qirg‘og‘i Kvadra orolidagi go‘zal quruqlikda o‘z uyalariga ega bo‘lishni xohlab, me’morga murojaat qildi.
Ichkarida uy uch qavatga bo‘lingan: biri mijoz va uning rafiqasi, ikkinchisi o‘g‘li uchun, uchinchi qavatda esa dam olish va sport maydonchalari qurish rejalashtirilgan.
Foto: loveproperty.com
B.Muhammadiyeva tayyorladi.