"JCh-2026" saralash bosqichi: Futbolchilarimiz Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi
- 09.10.2024 14:35
- 215
- Sport

Ertaga, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralashi doirasida Eron terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
Eron kuchli terma jamoalardan biri. Futbolchilarimiz bu jamoaga qarshi uch marta maydonga tushgan. Ikkala jamoa bir-birini yaxshi biladi.
Bo‘lajak bahsda legioner o‘yinchilarimiz to‘liq tarkib bilan ishtirok etadigan bo‘lsa-da, sog‘ligidagi muammolar tufayli bosh murabbiy Srechko Katanets qatnasha olmaydi. O‘yinchilarimiz murabbiy yordamchisi Vlado Radmanovich yetakchiligida maydonga tushadi.
Futbolchilarimiz mazkur bahsda to‘liq oq libosda, darvozabon esa yashil libosda harakat qiladi.
O‘zbekiston – Eron bahsi ertaga, soat 19:00 da Toshkent shahridagi "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
Teglar:
Futbol
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Kecha, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 19/04, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat