Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga “E-XSUD” axborot tizimi orqali murojaat qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining “Respublika jinoyat ishlari bo‘yicha sudlariga murojaatlarni “E-XSUD” axborot tizimi orqali taqdim qilish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № RS-28-20-sonli Rayosat qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror Respublika jinoyat ishlari bo‘yicha sudlariga murojaatlarni “E-XSUD” axborot tizimi orqali taqdim qilish tartibi respublika jinoyat ishlari bo‘yicha sudlariga murojaatlarni “E-XSUD” axborot tizimi orqali taqdim etish, mazkur murojaatlar yuzasidan olib borilgan protsessual harakatlar va ularning natijalari yuzasidan murojaat mualliflarini xabardor qilish munosabatlarini tartibga soladi.
Shuni ta’kidlash joizki, ushbu tartib-qoidalar boshqa axborot tizimlari orqali jinoyat ishlari bo‘yicha sudlariga taqdim etilgan murojaatlar masalalariga tatbiq etilmaydi.
Murojaat, deganda ariza, shikoyat, protest, iltimosnoma va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa murojaatlar tushunilishi lozim.
“E-XSUD” axborot tizimi orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ya’ni sudlanuvchi, jabrlanuvchi, ularning vakillari, ariza beruvchilar, prokuror, ishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va boshqa fuqarolar, shuningdek, tashqi foydalanuvchi, ya’ni belgilangan tartibda axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish orqali “shaxsiy kabinet” tashkil qilgan shaxslar murojaat qilish huquqiga ega.
Mazkur qaror bilan “E-XSUD” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibi ham belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek, jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qo‘yilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir. Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari birinchi instansiya sudining hukmi (ajrimi) ustidan apellyasiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqli. Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 27-moddasi).
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin (JPK 27-moddasi). Buning uchun manfaatdor shaxs www.exsud.sud.uz manzilida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining elektron qabulxonasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi.
“E-XSUD” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining elektron qabulxonasining bosh sahifasida joylashgan qo‘llanma asosida amalga oshiriladi.
Tizimda ro‘yxatdan o‘tgan tashqi foydalanuvchilarga keyinchalik o‘zining shaxsiy kabinetiga kirishi uchun qaytadan ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
“E-XSUD” axborot tizimi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun internet brauzerlarining quyidagi versiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi:
- Google Chrome – 79 versiyasidan yuqori;
- Mozilla Firefox – 69 versiyasidan yuqori;
- Safari – 13 versiyasidan yuqori;
- Opera –65 versiyasidan yuqori.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlariga “E-XSUD” axborot tizimi orqali taqdim etiladigan murojaatlar skanerlash uskunalari yordamida elektron fayl ko‘rinishiga keltirilishi;
Skaner qilingan har bir hujjat mazmuniga ko‘ra alohida elektron fayl ko‘rinishida saqlanishi lozim (misol uchun, ariza uni nechasahifadan iboratligidan qat’i nazar alohida bittafaylga, davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi kvitansiya alohida bitta faylga, arizaga ilova qilinadigan boshqa hujjatlar, xususan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, hukm, ajrim, qaror va boshqa hujjatlar, sahifalari sonidan qat’i nazar alohida-alohida saqlanadi). Mazmuni jihatdan har xil bo‘lgan hujjatlarni, masalan ariza va ishonchnomani yoki davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank kvitansiyasini bitta faylga saqlash murojaatni axborot tizimi orqali taqdim etish tartibiga rioya etilmagan, deb hisoblanadi va murojaatni uni taqdim etgan shaxsga elektron shaklda qaytarilishiga asos bo‘ladi.
Ilova qilingan fayllar soni sudga taqdim etilayotgan hujjatlar soniga teng bo‘lishi,fayllar nomi ularning qanday hujjat ekanligini va necha varaqdan iboratligini aniqlash imkonini berishi lozim (misol uchun, 209-sonli ishonchnoma 1 varaqda).
Skaner qilingan hujjatlarning sifati ularning haqiqiyligini tasdiqlovchi belgilarni, xususan, imzo, pechat, shtamp, hujjat raqami va sanasini aniqlash imkonini beradigan darajada bo‘lishi kerak.
Hujjatlar sudga faqat PDF formatida yuboriladi.
Har bir ilova qilingan faylning hajmi 10 megabaytdan oshmasligi kerak.
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etilishi lozim (JPK 27-moddasi).
Quyidagi holatlarda murojaatlar elektron qabulxona orqali qabul qilinmaydi va tashqi foydalanuvchiga qaytariladi, agar:
- hujjatlar sifatsiz skaner qilinganligi sababli ularni o‘qish imkoniyati bo‘lmasa;
- hujjatlar tartibsiz yoki teskari saqlanganligi sababli ularni o‘qishni imkoniyati bo‘lmasa;
- hujjatlar varaqlari to‘liq bo‘lmasa;
- arizaga ilova, deb ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq biriktirilmagan bo‘lsa;
- biriktirilgan faylda matn mavjud bo‘lmasa;
- hujjatlar mazkur tartibda nazarda tutilgan PDF formatida yuborilmagan bo‘lsa;
- sud tomonidan hali ko‘rib chiqilmagan ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha murojaat takroran yuborilgan bo‘lsa;
- hujjatlar imzolanmagan bo‘lsa;
- hujjatlar tegishli jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yo‘llanmagan bo‘lsa;
- skaner qilingan boshqa-boshqa mazmundagi hujjatlar bitta faylga saqlangan bo‘lsa (hujjatlar nomlanishiga ko‘ra alohida fayllarga ajratilmagan bo‘lsa);
- fayllarning nomlari saqlangan hujjatlarga muvofiq bo‘lmasa;
- yuborish mazkur tartibda nazarda tutilmagan murojaat kelib tushgan bo‘lsa.
Yuqorida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qaytarilgan murojaatlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga “E-XSUD” axborot tizimi orqali kirim qilinmagan hisoblanadi. Murojaatni qaytarish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin tashqi foydalanuvchi ushbu murojaatni
“E-XSUD” axborot tizimi orqali takroran taqdim etishi mumkin.
Foydalanuvchi ariza yoki iltimosnomani jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga “E-XSUD” axborot tizimi orqali yuborish uchun o‘z “shaxsiy kabineti”da “Ariza va iltimosnoma” rukni orqali ochilgan “Ariza
va iltimosnomadagi ma’lumotlarni to‘ldiring!” oynasidagi “Ariza
va iltimosnoma” turini tanlab quyidagi to‘rtta bosqichdan iborat harakatlarni amalga oshiradi:
birinchi bosqichda ariza yoki iltimosnomaningturi, murojaat beruvchi shaxs turi, murojaat shakli, arizachi tashkilot nomi yoki fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, raqami, sanasi, arizani yoki iltimosnomani imzolagan shaxs, jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilayotgan yoki ko‘rilgan ish raqami(ish raqami murojaat qiluvchiga ma’lum bo‘lgan taqdirda), arizaga yoki iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlar varaqlari soni hamda ariza yoki iltimosnomaning qisqacha mazmuni haqidagi ma’lumotlar kiritiladi;
ikkinchi bosqichda ariza yoki iltimosnoma yuborilayotgan tegishli jinoyat ishlari bo‘yicha sud tanlanadi;
uchinchi bosqichda avvalgi bosqichlarda kiritilgan ma’lumotlar tekshirib olinadi. Agar kiritilgan ma’lumotlarda xato yoki kamchiliklar aniqlansa, ularni “Orqaga” tugmasini bosish yordamida avvalgi bosqichlarga qaytish orqali bartaraf etish mumkin;
to‘rtinchi bosqichda ariza yoki iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar mazkur tartibning 3-bobida belgilangan tartibda axborot tizimiga elektron shaklda biriktiriladi.
Xato yoki yanglishish oqibatida biriktirilgan fayllarni sudga yuborishdan avval o‘chirish imkoniyati mavjud. Fayllarni o‘chirish axborot tizimiga yuklangan fayl nomi va hajmi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan qatorning o‘ng tomonida joylashgan “Savatcha” (“Korzinka”) tasvirlangan tugmani bosish orqali amalga oshiriladi.
Murojaatga taalluqli bo‘lgan barcha zarur ma’lumotlar kiritilgan va hujjatlar biriktirilganidan so‘ng “Saqlash” tugmasini bosish orqali ariza yoki iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar tegishli jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuboriladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmi, ajrimi va qarorlarini ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish bo‘yicha:
- jarima jazosini og‘irroq jazoga almashtirish yuzasidan;
- axloq tuzatish ishlari jazosini og‘irroq jazoga almashtirish yuzasidan;
- ozodlikni cheklash jazosini ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirish yuzasidan;
- jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish yuzasidan;
- shartli hukmni bekor qilish yuzasidan;
- shartli hukm qilingan shaxsni sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatning bir qismini olib tashlash yuzasidan;
- shartli hukm qilingan shaxsni sinov muddati davomida uning zimmasiga yangi majburiyat yuklash yuzasidan;
- jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan;
- ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan;
- ozodlikni cheklash jazosi jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan;
- muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan;
- axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan;
- kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish yuzasidan;
- sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlanishi yuzasidan;
- ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni o‘tash vaqtida o‘zgartirish yuzasidan;
- tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini bekor qilish yuzasidan;
- tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini o‘zgartirish yuzasidan;
- surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash yuzasidan;
- surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolashni to‘xtatish yuzasidan;
- voyaga yetmagan shaxsni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish yuzasidan;
- voyaga yetmagan shaxsni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘lish muddatini uzaytirish yuzasidan;
- reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash yuzasidan;
- shartli hukm qilingan shaxsni sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq olib tashlash yuzasidan va boshqalar.
Foydalanuvchi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmi, ajrimi va qarorlarini ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish bo‘yicha murojaat (JPK59-bobida belgilangan masalalar bo‘yicha murojaat)ni jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga “E-XSUD” axborot tizimi orqali yuborish uchun o‘z shaxsiy kabinetida “JPK 59-bobi bo‘yicha murojaat” rukni tanlanibquyidagi to‘rtta bosqichdan iborat harakatlarni amalga oshiradi:
birinchi bosqichda murojaat turi, qo‘shimcha murojaat turi, raqami, sanasi, murojaat beruvchi shaxs(zarur hollarda axborot tizimi tomonidan murojaat qiluvchi shaxsning shaxsiga doir ma’lumotlarini kiritish ko‘rsatilgan bo‘lsa), arizachi tashkilot nomi yoki fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, murojaatni imzolagan shaxs familiyasi, ismi, otasining ismi, jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ko‘rilayotgan yoki ko‘rilgan ish raqami (ish raqami qatori to‘ldirilishi shart) haqidagi ma’lumotlar kiritiladi;
ikkinchi bosqichda JPK 59-bobida belgilangan masalalar bo‘yicha murojaat yuborilayotgan tegishli jinoyat ishlari bo‘yicha sud tanlanadi;
uchinchi bosqichda avvalgi bosqichlarda kiritilgan ma’lumotlar tekshirib olinadi. Agar kiritilgan ma’lumotlarda xato yoki kamchiliklar aniqlansa, ularni “Orqaga” tugmasini bosish yordamida avvalgi bosqichlarga qaytish orqali bartaraf etish mumkin;
to‘rtinchi bosqichda JPK 59-bobida belgilangan masalalar bo‘yicha murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar mazkur tartibning
3-bobida belgilangan tartibda axborot tizimiga elektron shaklda biriktiriladi.
Xato yoki yanglishish oqibatida biriktirilgan fayllarni sudga yuborishdan avval o‘chirish imkoniyati mavjud. Fayllarni o‘chirish axborot tizimiga yuklangan fayl nomi va hajmi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan qatorning o‘ng tomonida joylashgan “Savatcha” (“Korzinka”) tasvirlangan tugmani bosish orqali amalga oshiriladi.
Murojaatga taalluqli bo‘lgan barcha zarur ma’lumotlar kiritilganva hujjatlar biriktirilganidan so‘ng “Saqlash” tugmasini bosish orqali JPK 59-bobida belgilangan masalalar bo‘yicha murojaatva unga ilova qilingan hujjatlar tegishli jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuboriladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning sud hujjatlarini
qayta ko‘rish bo‘yicha shikoyat (protest) qo‘yidagi tartibda yuborish belgilangan;
Ma’lumki, sud hukmi, ajrimi va qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyasiya, kassatsiya va nazorat tartibida tekshirilishi mumkin (JPK 478-moddasi).
JPK 497(2), 498 va 510-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellyasiya yoki kassatsiya yoxud nazorat tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga, shuningdek sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilishga haqli. (JPK 479-moddasi).
Foydalanuvchi jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga apellyasiya shikoyatini (protestini) “E-XSUD” axborot tizimi orqali berish uchun o‘z “shaxsiy kabineti”da “Shikoyat” rukni orqali ochilgan “Shikoyat (protest) ma’lumotlarini to‘ldiring!” oynasidagi “Apellyasiya shikoyati” hamda “Shikoyat (protest) berilayotgan ish toifasini tanlang” ruknidagi tegishli turlarini tanlab quyidagi beshta bosqichdan iborat harakatlarni amalga oshiradi:
birinchi bosqichda shikoyat qilinayotgan sud hujjatining ish raqami, shikoyat tartibi (ya’ni shikoyat yoki protest tartibida), shikoyat (protest) bergan taraf (ishda ishtirok etuvchi shaxslar ro‘yxatidan tegishli taraf nomi ko‘rsatilishi lozim), jinoyat ishi ko‘rilgan sana haqidagima’lumotlar kiritiladi;
ikkinchi bosqichda shikoyat (protest) bergan shaxs tanlanadi;
uchinchi bosqichda shikoyat qilinayotgan yoki protest keltirilayotgan hukmni, ajrimni, qarorni chiqargan sud tanlanadi;
to‘rtinchi bosqichda avvalgi bosqichlarda kiritilgan ma’lumotlar tekshirib olinadi. Agar kiritilgan ma’lumotlarda xato yoki kamchiliklar aniqlansa, ularni “Orqaga” tugmasini bosish yordamida avvalgi bosqichlarga qaytish orqali bartaraf etish mumkin;
beshinchi bosqichda apellyasiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilinadigan hujjatlar mazkur tartibning 3-bobida belgilangan tartibda axborot tizimiga elektron shaklda biriktiriladi.
Xato yoki yanglishish oqibatida biriktirilgan fayllarni sudga yuborishdan avval o‘chirish imkoniyati mavjud. Fayllarni o‘chirish axborot tizimiga yuklangan fayl nomi va hajmi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan qatorning o‘ng tomonida joylashgan “Savatcha” (“Korzinka”) tasvirlangan tugmani bosish orqali amalga oshiriladi.
Murojaatga taalluqli bo‘lgan barcha zarur ma’lumotlar kiritilgan va hujjatlar biriktirilganidan so‘ng “Saqlash” tugmasini bosish orqali apellyasiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilingan hujjatlar tegishli jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuboriladi.
Foydalanuvchi kassatsiya shikoyatini (protestini) jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga “E-XSUD” axborot tizimi orqali berish uchun o‘z “shaxsiy kabineti”da “Shikoyat” rukni orqali ochilgan “Shikoyat (protest) ma’lumotlarini to‘ldiring!” oynasidagi “Kassatsiya shikoyati” hamda “Shikoyat (protest) berilayotgan ish toifasini tanlang” ruknidagi tegishli turlarini tanlab quyidagi beshta bosqichdan iborat harakatlarni amalga oshiradi:
birinchi bosqichda shikoyat qilinayotgan sud hujjatining ish raqami, shikoyat tartibi (ya’ni shikoyat yoki protest tartibida), shikoyat (protest) bergan taraf (ishda ishtirok etuvchi shaxslar ro‘yxatidan tegishli taraf nomi ko‘rsatilishi lozim), jinoyat ishi ko‘rilgan sana haqidagi ma’lumotlar kiritiladi;
ikkinchi bosqichda shikoyat (protest) bergan shaxs tanlanadi;
uchinchi bosqichda shikoyat qilinayotgan yoki protest keltirilayotgan hukmni, ajrimni, qarorni chiqargan sud tanlanadi;
to‘rtinchi bosqichda avvalgi bosqichlarda kiritilgan ma’lumotlar tekshirib olinadi. Agar kiritilgan ma’lumotlarda xato yoki kamchiliklar aniqlansa, ularni “Orqaga” tugmasini bosish yordamida avvalgi bosqichlarga qaytish orqali bartaraf etish mumkin;
beshinchi bosqichda apellyasiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilinadigan hujjatlar mazkur tartibning 3-bobida belgilangan tartibda axborot tizimiga elektron shaklda biriktiriladi.
Xato yoki yanglishish oqibatida biriktirilgan fayllarni sudga yuborishdan avval o‘chirish imkoniyati mavjud. Fayllarni o‘chirish axborot tizimiga yuklangan fayl nomi va hajmi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan qatorning o‘ng tomonida joylashgan “Savatcha” (“Korzinka”) tasvirlangan tugmani bosish orqali amalga oshiriladi.
Murojaatga taalluqli bo‘lgan barcha zarur ma’lumotlar kiritilgan va hujjatlar biriktirilganidan so‘ng “Saqlash” tugmasini bosish orqali kassatsiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilingan hujjatlar tegishli jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuboriladi.
Foydalanuvchi nazorat shikoyatini Oliy sudga “E-XSUD” axborot tizimi orqali berish uchun o‘z “shaxsiy kabineti”da “Ariza va iltimosnoma” rukni orqali ochilgan “Ariza va iltimosnomadagi ma’lumotlarni to‘ldiring!” oynasidagi “Nazorat tartibida shikoyat” turini tanlab quyidagi to‘rtta bosqichdan iborat harakatlarni amalga oshiradi:
birinchi bosqichda nazorat shikoyati berilayotgan ish toifasi,shikoyat mazmuni (ya’ni, aynan qaysi sud hujjatlari nazorat tartibida shikoyat qilinayotganligi), murojaat qiluvchi shaxs turi, shikoyat bergan taraf, arizachi tashkilot nomi yoki arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi, shikoyatni imzolagan shaxs familiyasi, ismi, otasining ismi,shikoyat raqami, sanasi, shikoyat qilinayotgan sud hujjatining ish raqami, shikoyatga ilova qilingan hujjatlar varaqlari soni hamda shikoyatning qisqacha mazmuni kiritiladi;
ikkinchi bosqichda Oliy sud tanlanadi;
uchinchi bosqichda avvalgi bosqichlarda kiritilgan ma’lumotlar tekshirib olinadi. Agar kiritilgan ma’lumotlarda xato yoki kamchiliklar aniqlansa, ularni “Orqaga” tugmasini bosish yordamida avvalgi bosqichlarga qaytish orqali bartaraf etish mumkin;
to‘rtinchi bosqichda nazorat shikoyati va unga ilova qilinadigan hujjatlar mazkur tartibning 3-bobida belgilangan tartibda axborot tizimiga elektron shaklda biriktiriladi.
Xato yoki yanglishish oqibatida biriktirilgan fayllarni sudga yuborishdan avval o‘chirish imkoniyati mavjud. Fayllarni o‘chirish axborot tizimiga yuklangan fayl nomi va hajmi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan qatorning o‘ng tomonida joylashgan “Savatcha” (“Korzinka”) tasvirlangan tugmani bosish orqali amalga oshiriladi.
Murojaatga taalluqli bo‘lgan barcha zarur ma’lumotlar kiritilganva hujjatlar biriktirilganidan so‘ng “Saqlash” tugmasini bosish orqali nazorat shikoyati va unga ilova qilingan hujjatlar Oliy sudga yuboriladi.
Foydalanuvchi shaxsiy kabineti orqali jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etgan murojaatlarining holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.
Buning uchun foydalanuvchi“shaxsiy kabineti”da jinoyat ishlari bo‘yicha sud turini belgilab, sudga yuborgan tegishli murojaatni tanlashva o‘ng tomonida joylashgan “Ko‘rish” tugmasini bosish kerak. Murojaat tanlanganida shaxsiy kabinet asosiy sahifasining o‘ng tomonida yuborilgan murojaatning “Qisqacha mazmuni” va “Ishni sud tomonidan ko‘rib chiqilishi” nomli ruknlar paydo bo‘ladi.
Murojaatning “Qisqacha mazmuni”ruknida tanlangan murojaatning qisqacha mazmuni keltirilgan ma’lumotlar hamda foydalanuvchi tomonidan sudga elektron shaklda yuborgan fayllar aks ettiriladi.
“Ishni sud tomonidan ko‘rib chiqilishi” ruknida foydalanuvchi tomonidan yuborilgan hujjatning sudda ro‘yxatga olingan sanasi, ro‘yxat raqami, ish raqami, mas’ul sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi, sudya tomonidan mazkur hujjatni ish yurituvga qabul qilingan sanasi, ishni ko‘rishga tayinlangan sanasi va vaqti, agar ishni ko‘rish boshqa kunga qoldirilgan bo‘lsa ishni qoldirish sababi, ishni ko‘rish natijasiga ko‘ra, qabul qilingan sud hujjatining mazmuni, shuningdek mazkur murojaat bo‘yicha chiqarilgan sudning barcha hujjatlari elektron ko‘rinishda aks ettiriladi.
Murojaat mazkur tartibda belgilangan qoidalarga rioya qilinmay yuborilmaganligi sababli qaytarilgan taqdirda, murojaat qaytarilgan sana va qaytarish uchun asos bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotlar ham mazkur rukndaaks ettiriladi.
Shuningdek, mazkur rukndafoydalanuvchi tomonidan yuborilgan murojaatlarning holati haqidagi ma’lumotlarni ham kuzatib borish imkoniyati mavjud.
Axborot tizimida murojaat holatining quyidagi turlari mavjud:
Rad etilgan – ushbu holat murojaat mazkur tartibda belgilangan talablarga rioya qilinmay yuborilganligi sababli mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun foydalanuvchiga qaytarilganligini bildiradi;
Ro‘yxatga olish – ushbu holat murojaat sudga kelib tushgan va devonxonada ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ekanligini bildiradi;
Ko‘rib chiqish – ushbu holat shikoyat (protest) birinchi instansiya sudi tomonidan apellyasiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti)ni viloyat yoki unga tenglashtirilgan sudga yuborish jarayonida ekanligini bildiradi;
Ro‘yxatga olish (viloyat) – ushbu holat shikoyat (protest) birinchi instansiya sudi tomonidan viloyat yoki unga tenglashtirilgan sudga yuborilgan apellyasiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) devonxonada ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ekanligini bildiradi;
Taqsimlash yoki qayta taqsimlashda – ushbu holat murojaat mas’ul sudya (mas’ul xodim)lar o‘rtasida taqsimlash jarayonida ekanligini bildiradi;
Tayinlash – ushbu holat murojaat sudya tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash jarayonida ekanligini bildiradi;
Natijasiz – ushbu holat murojaat sudyaning ish yurituviga qabul qilingan, lekin hali ish bo‘yicha yakuniy sud hujjati qabul qilinmaganligini bildiradi;
To‘xtatilgan – ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha ish JPK tegishli moddalariga asosan to‘xtatilganligini bildiradi;
Natijani qabul qilish – ushbu holat ishni ko‘rish yakuniga ko‘ra, natija kiritilganligini hamda ayni vaqtda sud devonxonasi tomonidan taqqoslash jarayonida ekanligini bildiradi (mazkur bosqichda mas’ul xodim sudya kiritgan ishning natijasini sud hujjatining xulosa qismi bilan mosligini taqqoslaydi);
Natija qabul qilingan – ushbu holat ishni ko‘rish yakuniga ko‘ra, natijasi qabul qilinganligini bildiradi;
Topshirilgan – ushbu holat jinoyat ishi birinchi instansiya sudi tartibida dastlab ko‘rgan sudga qaytarilganligi bildiradi;
Arxivga yuborilgan va arxivga topshirilgan – ushbu holat ish arxiv bo‘limiga yuborilganligini va arxiv bo‘limi tomonidan qabul qilib olinganligini bildiradi.
Foydalanuvchi “E-XSUD” axborot tizimi orqali taqdim etgan murojaatlari yuzasidan amalga oshirilgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudining protsessual harakatlariga doir ma’lumotlarni, murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlarini, shuningdek, javob xatlarini “shaxsiy kabineti” orqali olish imkoniyatiga ega.
Murojaat yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlarini, shuningdek, javob xatlarini “shaxsiy kabinet” orqali olgan foydalanuvchi ushbu hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida olish huquqidan mahrum etilmaydi.
Mazkur tartibga amal qilgan holda taqdim etilgan murojaatlar bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha sudning sud hujjatlari, shuningdek, javob xatlari foydalanuvchining “shaxsiy kabineti”ga protsessual muddatlarga to‘liq rioya etgan holda yuboriladi.
Yuborilgan sud hujjatlari, shuningdek, javob xatlari foydalanuvchining “shaxsiy kabineti”dagi “Ishni sud tomonidan ko‘rib chiqilishi” rukniga kelib tushadi. Foydalanuvchi sud hujjatlarini, shuningdek, javob xatlarini yuklab olgan holda ular bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega.
O‘tkir MAMADALIYeV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi raisi o‘rinbosari.
Zarifa AHMEDOVA,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi.