Jo Bayden Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqish qaroridan pushaymon emas
Qo‘shma Shtatlar "Tolibon" radikal harakatining o‘z fuqarolariga hujum qilish harakatiga tezkor javob qaytarishga tayyor, «Tolibon» buni biladi», dedi AQSh prezidenti Jo Bayden.
Afg‘onistondagi dolzarb voqealar mavzusiga to‘xtalib, Bayden bo‘layotgan voqeadan ranjigani, lekin qo‘shinlarni olib chiqish qaroridan pushaymon emasligini ta’kidladi.
"Bugun bo‘layotgan voqealar meni juda xafa qildi. Lekin Afg‘oniston urushida AQSh ishtirokini to‘xtatishga qaror qilganimdan afsuslanmayman", dedi Bayden.
Oxirgi haftalarda Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa og‘irlashdi. 15 avgust kuni OAV va manbalar tolibonlar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazoratga olganini ma’lum qilishdi. O‘sha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini nazoratiga oldi.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanba oqshomida «Tolibon» siyosiy idorasining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, shtatda boshqaruv shakli yaqin kelajakda ma’lum bo‘lishini aytdi.