Jo Bayden Tixanovskayani o‘zining inauguratsiya marosimiga taklif qildi
- 27.11.2020 22:20
- 248
- Xorij

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishini ma’lum qildi. Muxolifatchining 27 noyabr kuni Belsat portaliga bergan intervyusi YouTube tarmog‘iga joylashtirildi.
Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan amerikalik siyosatchi Tixanovskayani o‘zining inauguratsiya marosimiga taklif qilgan.
“Biz Jo Bayden bilan uchrashuv rejalashtirmoqdamiz. Bizda ushbu uchrashuvga taklifnoma bor”, dedi Tixanovskaya intervyu vaqtida.
Biroq Oq uy tomonidan Tixanovskaya bilan bo‘ladigan uchrashuv haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim