Jo‘jalar topgan shahar
- 21.12.2023 19:58
- 317
- O'qing, qiziq!
Turkiyalik dehqon katakni ochib jo‘jalarni tashqariga chiqarmoqchi bo‘lgandi, ular tum-taraqay bo‘lib qochib qolishdi. Jo‘jalardan o‘ntasi yerto‘laga yashirindi...
Ortidan kirgan dehqon qochoqlar devor kavagiga pisinganini ko‘rdi. Kavakni kengaytirib, jo‘jalarni ushlamoqchi edi, hayratdan dong qotib qoldi: jo‘jalar ham esdan chiqdi. Ko‘z o‘ngida yer ostida ko‘milib ketgan qadimgi shahar namoyon bo‘ldi.
Bugungi kunda Turkiyada Derink nomi bilan mashhur Elengub shahri Kappadokiya yuzasi ostidan ana shunday topilgan edi. 85 metr chuqurlikda joylashgan topilma dunyoda eng yirik yer osti shahri hisoblanadi. Bu yerda cherkov, maktablar va turar-joylar bo‘lib, 20 mingga yaqin odam yashagan. Shaharni tadqiq etish davom etmoqda.
T.Shomurodov tayyorladi.