Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboyda bir korxonaga to‘rtta yetakchi davlatning zamonaviy uskunalari keltirildi

“JOMBOY OIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuniga 100 tonnadan ortiq kungaboqar, maxsar, soya hamda chigitni qayta ishlab, yetti bosqichda tozalash quvvatiga ega.

2020 yilda korxonada 541 tonnadan ortiq sifatli mahsulot tayyorlanib, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berildi. Korxona eng ilg‘or zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va bu yerni 100 nafarga yaqin yoshlar ishlamoqda.

Hozirda korxonada Turkiya, Xitoy, Bolgariya va Italiya singari yetakchi davlatlarning zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan yana bir liniyani ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu texnologiya ishga tushirilgach, yana 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu esa ichki iste’mol bozorini sifatli mahsulot bilan ta’minlash va xorijiy bozorlarga eksportbop mahsulot chiqarish hajmini sezilarli ravishda oshirish imkonini beradi.

“O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi axborot xizmati.