Jomboyda tortilya va kruasan mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

2024 yilda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan xorijiy investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish va ularni tez fursatlarda o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari joylarga chiqib, investitsiya joriy etish masalalarini o‘rganmoqda.

Jumladan, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Fayzullayev va mutaxassislar Jomboy tumanida joylashgan “Gold lavashf” MChJ tomonidan barpo etilayotgan loyiha bilan tanishdi.

Ushbu loyiha qiymati 3,0 mln. AQSh dollarni tashkil etadi. Korxona yiliga 78 mln dona tortilya va kruasan mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

2024 yilning 4-choragida ishga tushishi kutilayotgan korxonada 100 nafar kishi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Bojxonachilar korxona rahbari F.Kasimov va mutaxassis-xodimlarga “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimidan foydalanishning afzalliklari, vakolatli iqtisodiy operatorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berdi.