Jomboyda velosipedda harakatlanib ketayotgan fuqaro Matiz ostida qolib halok bo‘ldi
- 15.12.2019 16:31
- 320
- Hodisa
Joriy yil 12 dekabr kuni soat 19:45 atrofida 28 yoshli S.M. Matiz mashinasida «Toshkent—Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida yo‘lning Jomboy tuman, «Qoramo‘yin» mahallasi hududida piyodalar o‘tish joyidan chapdan o‘ng tomonga kesib o‘tayotgan velosipedchi 50 yoshli H.B.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.
Hodisa oqibatida velosipedchi H.B. tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.