Jomboyda xalqdan olib, xalqqa uzatiladigan ko‘mak mexanizmi tashkil etildi

Jomboy tumanida «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati yangi loyihalar asosida davom etayapti. Aholi ham ushbu loyihada faol ishtirok etib, kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zmoqda.

Odamlar o‘z ehtiyojidan ortgan, kundalik turmushida ishlatishga zarurati bo‘lmagan, ammo qo‘llashga yaroqli kiyim-kechak, idish-tovoq va boshqa buyumlarni ehtiyojmand insonlar uchun keltirib beryapti. Xayriya qilingan ushbu buyumlar sektor shtabida to‘planib, og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oilalarga taqsimlanmoqda.

Eslatib, o‘tamiz, Samarqand shahrida xuddi shunday tartibda ishlovchi «Ijtimoiy do‘kon» samarqandlik bir guruh ko‘ngillilar tomonidan tashkil qilingandi. Ushbu do‘konda kiyim-kechaklar to‘plangach, ehtiyojmand aholi kelib, o‘ziga kerakli narsani olib ketishi yo‘lga qo‘yilgan.