Jomboylik basketbolchi qizlar viloyat chempionati g‘olibi bo‘ldi
Yengil atletika va sportning o‘yin turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida basketbol bo‘yicha 2005 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa avvalida so‘z olganlar, viloyatimizda keyingi yillarda bolalar sporti, xususan, basketbol sport turini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida aytib o‘tishdi.
Xalqaro basketbol assotsiatsiyasi qoidalariga asosan Olimpiya tizimida o‘tkazilgan bahslar yakuniga ko‘ra, qizlar o‘rtasida Jomboy tumanidagi 18-maktab jamoasi chempion bo‘ldi. Samarqand shahar 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabi va Toyloq bolalar-o‘smirlar sport maktabi jamoalari ikkinchi va uchinchi bo‘lishdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Samarqand ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi jamoasi chempion bo‘lgan bo‘lsa, Samarqand shahridagi 45-maktab hamda Bulung‘ur tumanidagi 23-maktab sportchi-o‘quvchilariga keyingi o‘rinlar nasib etdi.