JSS: Dunyo yangi pandemiyaga hozirlik ko‘rishi kerak
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mamlakatlarni hozirdanoq yangi pandemiyaga tayyorlanishga undamoqda, deb yozadi “Cable News Network”.
"Biz so‘nggi bir yil ichida favqulodda vaziyatlarda tayyorgarlikni ta’minlash uchun sog‘liqni saqlash infratuzilmasi kuchli bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun tezkor harakatlarni amalga oshirgan mamlakatlarni ko‘rdik", deya ta’kidlashdi tashkilot mutaxassislari.
Joriy yilning 9-14 noyabrida Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasining sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu rezolyusiya jahon sog‘liqni saqlash jamoatchiligini COVID-19 va boshqa xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash va ularga qarshi chora ko‘rishda barcha mamlakatlarda tezkor tayyorgarlik ko‘rilishini ta’minlashga chaqiradi, deyiladi xabarda.
COVID-19 pandemiyasi salomatlik - ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning asosi ekanligini eslatib o‘ytamiz, deya ta’kidlashdi JSST tashkiloti mutaxassislari.
Bundan tashqari, tashkilot ekspertlari COVID-19 ga qarshi emlash ishlarini 2021 yil o‘rtalarida boshlashni rejalashtirmoqda.