Kadastr xodimi 1000 AQSh dollari pora bilan ushlandi
7 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Kadastrlar palatasi Samarqand shahar filiali ishlab chiqarish muhandisi lavozimida ishlovchi shaxs Samarqand shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan avtoturargoh (garaj)ni uyga qo‘shib, omborxona sifatida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini ma’lum qilgan.
Arizachi murojaaatida kadastr idorasi xodimiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, 8 iyun kuni viloyat IIB tezkor-qidiruv xizmatining yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari xamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Kadastlar palatasi Samarqand shahar filiali binosi yonida B.N. ariza muallifidan 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.