Kapitoliyga hujum demokratiyaga tahdidmi?

Aksariyat amerikalik saylovchilar shu yil 6 yanvar kuni Kapitoliyga qilingan hujumni demokratiyaga tahdid, deya hisoblashmoqda. Buni YouGov xalqaro internet-kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma ma’lumotlari tasdiqladi.

Xullas, demokratlarning 93 foizi sodir bo‘lgan voqeani demokratiyaga tahdid deb hisoblashadi va ularga betaraf saylovchilarning aksariyati (55 foiz) qo‘shildi. Respublikachilardan bu fikrni atigi 27 nafari qo‘llab-quvvatladi. So‘rovda qatnashganlarning o‘rtacha 63 foizi Kapitoliyga hujum haqida salbiy fikr bildirishdi.

Shu bilan birga, respondentlarning 21 foizi, ya’ni har beshinchisi tartibsizliklarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. So‘rovnoma ma’lumoti bunday fikrga, ayniqsa, prezidentlik saylov natijalari soxtalashtirilgan deb hisoblaganlar moyil ekanini ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, respondentlarning 55 foizi tartibsizliklarda AQSh prezidenti Donald Trampni, 42 foiz esa saylov natijalarini tasdiqlashga qarshi ovoz berish niyatidaligini e’lon qilgan respublikachi-senatorlarni ayblashdi. Yana 17 foiz demokratlar saylangan Jozef Baydenni aybdor deb topishdi.

Avvalroq Tramp Kapitoliyga bostirib kirish paytida namoyishchilarning xatti-harakatlarini qoralab, ular sodir bo‘lgan voqealar uchun javob berishini ta’kidlagan edi. Shuningdek, endi u hokimiyatni Baydenga «og‘riqsiz» topshirishga harakat qilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni respublikachi namoyishchilar Kapitoliy binosiga bostirib kirib, Senat zalini o‘rab olishdi. Senat va Vakillik palatasi o‘tgan saylov natijalarini tasdiqlash rejalashtirilgan kengashni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqdi. Namoyish paytida to‘rt kishi o‘ldirildi, politsiya 70 ga yaqin tartibsizlarni hibsga oldi.