Karantinda quritilgan meva va sabzavotlarni xorijga eksport qilish uchun qayerdan ruxsat olish kerak?

➖Quritilgan meva va sabzavotlarni xorijga ekspert qilishga ruxsat olish uchun qayerga murojaat qilishim kerak? Karantin ostidagi mahsulot import qilinganda omborxona fumigatsiyasi zarurmi?

Savollarga O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova javob berdi:

➖ Chet elga olib chiqish uchun quritilgan mahsulotingiz bo‘lsa, hududiy  o‘simliklar karantini inspeksiyasi yoki bevosita Respublika «O‘zdavkarantin» inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Inspeksiyaning karantin.uz saytida quritilgan mahsulotlarni xorijga eksport qilish talablari bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, eksport qilishda fumigatsiya, ya’ni omborni kimyoviy zararsizlantirish jarayoni o‘ta muhim hisoblanadi. Import bo‘lib olib kelingan karantin ostidagi mahsulot joylashtirilishidan oldin omborxona fumigatsiya qilinishi lozim. Bunda mahsulot zararlanishining oldi olinadi.