“Karantinda vaqtni qanday o‘tkazyapmiz?” tanlovining samarqandlik g‘olibi taqdirlandi
2020 yil 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari komissiyasi tomonidan BMT aholishunoslik jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Karantinda vaqtni qanday o‘tkazyapmiz?” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.
Tanlovga joriy yilning 29 martidan 25 mayiga qadar 89 nafar ishtirokchidan 117 ta videorolik qabul qilindi.
Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda BMT aholishunoslik jamg‘armasi vakillaridan iborat hakamlar hay’ati taqdim etilgan har bir videorolik bilan tanishib, ularni xolisona baholadi.
13-17 yoshli o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning “Maqsadimga erishish yo‘lidagi g‘oyalarim” yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan samarqandlik Temur Ergashevga ham tashkilotchilarning esdalik sovg‘asi topshirildi.