Karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga harbiylar jalb qilindi

25 mart kuni 1157 nafar O‘zbekiston fuqarosi temiryo‘l orqali Qozog‘iston Respublikasidan Samarqand shahriga olib kelindi.

Harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimovning ma’lum qilishicha, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Samarqand viloyati hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda soha mutaxassislari tomonidan hamyurtlarimiz qisqa fursatda Samarqand shahrida tashkil etilgan karantin maskaniga joylashtirildi.

30 ga yaqin shifokor tomonidan sog‘lig‘i tekshirilgan yigit-qizlar, ayollar hamda bolalar o‘zlari uchun ajratilgan hamda dizenfeksiya qilingan shinam xonalarga joylashtirildi.

Karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan patrullik qo‘riqlovi tashkil etildi.