Kattaqo‘rg‘on shahrida ishsiz xotin-qizlar kasbga o‘qitildi
Joylarda “Ayollar daftari” bo‘yicha o‘tkazilgan xatlovlar natijasida ko‘plab xotin-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda, ularning munosib hayot kechirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Bu borada Kattaqo‘rg‘on shahrida ham ro‘yxati shakllantirilgan xotin-qizlar bilan izchil ishlar olib borildi. Ushbu ishlarning natijasi o‘laroq, yaqinda xotin-qizlar tadbirkorlik markazining “Biznes asoslari” o‘quv kurslarini 61 nafar xotin-qiz muvaffaqiyatli tamomladi. Ularga shahar hokimligi tomonidan sertifikatlar topshirildi.
- Endi kredit olib o‘z tadbirkorligimni boshlamoqchiman, - deydi tadbir ishtirokchilaridan Ruxsora Normurodova. - Amin bo‘ldimki, bugun yurtimizda barcha sharoitlar yetarli. Daromad qilishni istagan inson imkon topadi. Buning uchun faqat harakat qilish kerak, xolos. Kelgusida albatta oilamning iqtisodini yaxshilash bilan birga yangi ish o‘rinlari ham yaratmoqchiman.
Qiziqqan sohalari bo‘yicha kasbga o‘qib sertifikatga ega bo‘lgan xotin-qizlar mana shunday istaklar, yangi-yangi rejalar bilan o‘z tadbirkorligini boshlaydi.
Hilola ERGAShEVA.