Kattaqo‘rg‘on tumani aholisiga xorijdan kelgan pul jo‘natmalarini olishida muammo yo‘q

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan murojaatda kattaqo‘rg‘onlik yurtdoshlarimizning xorijda ishlab jo‘natayotgan pul mablag‘larini tuman banklari orqali olishda qiyinchiliklarga uchrayotgani bayon etilgan.

Ushbu masalaga Markaziy bankning Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan quyidagi munosabat bildirildi:

“Markaziy bankning Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan 2019 yilning 29 oktyabr kuni “Agrobank” hamda Xalq bankining Payshanba filiallarida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish davomida bank filiallarida tashkil etilgan xalqaro pul o‘tkazmalari punktlari amaldagi tartib talablari asosida faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Kattaqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Agrobank” va Xalq banki filiallari aholiga “Contact”, “UniStream”, “Western Union” hamda “Zolotaya Korona” tizimidagi xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Jumladan, “Agrobank”ning Payshanba filiali tomonidan 2019 yilning 18-28 oktyabr kunlari xorijdan fuqarolar nomiga kelgan

365 834 AQSh dollari to‘lab berilgan hamda mijozlar tomonidan

20 677 AQSh dollari miqdorida xorijga pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan. Shuningdek, Xalq bankining Payshanba filiali tomonidan

18-28 oktyabr kunlari xorijdan fuqarolarning nomlariga kelgan

764 859 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari to‘lab berilgan.

Markaziy bank Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi”.