Korxonaning bankdan olgan 482 million so‘m kredit qarzi undirildi

Bu haqda Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat ijrochisi Sardor Shakarov Zarnews.uz’ga xabar berdi.

S.Shakarovga ko‘ra, byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2022 yil 13 iyuldagi qaroriga asosan javobgar «Qo‘rg‘on fayzli chorvasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi aksiyadorlik tijorat«Agrobank» Kattaqo‘rg‘on filiali foydasiga 482 mln. 521 ming so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun o‘n besh kunlik muddat berilgan.

- Olib borilgan ijro harakatlari davomida javobgar «Qo‘rg‘on fayzli chorvasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi «Agrobank»  viloyat filiali foydasiga mavjud kredit qarzi to‘liq undirildi, - deydi S.Shakarov.