Kattaqo‘rg‘onda ikki mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi

Hukumat qarori bilan (580-son, 23.09.2020 yil) 2020-2022 yillarda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

📋 Dasturga asosan, belgilangan yillarda Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida jami 204 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

💼 Jumladan, shaharda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 117 ta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va bu orqali 2 052 ta yangi ish o‘rinlarining yaratilishi belgilangan.

☑️ Shahar bo‘yicha jami 550 nafar ishsizlar tikuvchilik, kompyuter savodxonligi, maishiy texnika uskunalarini ta’mirlovchi usta, sartaroshlik kabi yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitiladi.

♻️ Shuningdek, joriy yilda shaharning 2 253 nafar ishsiz aholisi jamoat ishlariga jalb qilinadi. 

🏢 Shaharda “Hunarmandchilik markazi” (hunarmandchilik, milliy shirinliklar majmuasi va mehmonxona) tashkil etiladi.

📝 Qaror bilan shuningdek, shaharda kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.