Kattaqo‘rg‘onda itni shafqatsizlarcha urib o‘ldirgan Xitoy fuqarosi jazolandi

Ijtimoiy tarmoqda bog‘liq holatdagi itni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirib, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxs videosi tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.

"Ushbu shaxsni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida bu holatni sodir etgan erkak - Kattaqo‘rg‘ondagi qo‘shma korxona ishchisi, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Hao Sihua ekanligi aniqlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida - 900.000 (to‘qqiz yuz ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Qo‘shma korxonaning qolgan ishchilari va rahbarlari bilan qayta shu turdagi huquqbuzarlikni sodir etmaslik yuzasidan tarjimon xizmatidan foydalanib, profilaktik ishlar olib borildi",  deyiladi IIB xabarida.