Kattaqo‘rg‘onda savdo agenti fuqarodan “Lacetti” mashinasini olib berishni va’da qilib, 12 ming dollar olgan
- 04.08.2021 10:30
- 126
- Samarqand

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruvda “A” avtosaloni savdo agenti Sh.T. fuqaro N.ga “Lacetti L-Elegant/At Plus” avtomashinasini olib berish uchun go‘yoki “V” MChJ tomonidan to‘lov qabul qilinganligi haqida kvitansiya hamda oldi-sotdi shartnomasini taqdim qilganligi aniqlangan. Buning evaziga uning 12 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, tekshiruv davomida Sh.T. tomonidan o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib 3 900 AQSh dollarini qaytargan holati protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.