Kattaqo‘rg‘onda tadbirkordan onlayn-auksiondan chiqib ketishi evaziga pul talab qilgan firibgarlar aniqlandi
- 08.02.2022 16:52
- 428
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar D.A. va S.K. oldindan til biriktirib, “E-auksion” elektron savdo platformasida onlayn-auksion savdolarida ishtirok etib, “Go‘zalkent” mahallasidagi 5,7 sotix yer maydoni bo‘yicha auksionda uning narxini sun’iy ravishda ko‘tarmaslik va o‘yindan chiqib ketishini talab qilgan. Buning evaziga auksionda ishtirok etayotgan “M.B.” oilaviy korxonasi ta’sischisi Sh.dan 1 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 500 AQSh dollarini olganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 54 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand