Kiyev normal hayotga qaytmoqda
Mahalliy aholi asta-sekin Kiyevga qaytmoqda. Bugungi kunda Ukraina poytaxtida 2 million 120 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Biroq shahar hukumati raketa zarbalari tahdidi davom etayotgani sababli shoshilmaslikka chaqirdi. Odamlar normal hayotga qaytishga harakat qilmoqda, Kiyevda kafe va restoranlar ochilmoqda.
Tin Tin kafesida mehmonlar juda ko‘p. Marina yaqinda Ukrainaga qaytdi: "Menimcha, Kiyev jonlanmoqda. Biz birinchi kelganimizda shahar huvillab yotgan edi, lekin kundan-kunga odamlar ko‘payib bormoqda. Albatta, bizda chamadonlarimiz tayyor. Chunki ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz".
Marina va uning dugonasi Anna Kiyevda yangi biznes ochdi. "Biz bir hafta oldin birinchi ishimizni ochgan edik, bu novvoyxona. Ko‘rdikki, odamlar shaharga qaytmoqda. Bizning mijozlarimiz ko‘paymoqda, ishlay olamiz, men juda xursandman", deydi Anna.
Asosan ayollar va bolalar qaytmoqda, talab tufayli Varshava va Kiyev o‘rtasidagi tungi avtobus qatnovi qayta ochildi.
Ukrainalik qutqaruvchilarning aytishicha, Kiyev viloyatining butun hududini tozalash uchun taxminan bir yil vaqt ketadi. Biroq asosiy tadbirlar may oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Ayni paytda bu yerda 3100 dan ortiq portlovchi ashyo topilib, zararsizlantirildi.