Kim Chen In 2022 yilni "Buyuk halokatli kurash yili” deb atadi

KXDR yetakchisi Kim Chen In yil oxiridagi partiya plenumidagi yakuniy nutqida mamlakatning ichki muammolariga to‘xtalib, 2022 yilda “buyuk halokatli jang” deb ataladigan kurashda g‘alaba qozonish zarurligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabariga tayanib, “Yonxap” agentligi yozmoqda.

«Bosh kotib 2022 yilgi jang katta halokatli jang bo‘lib, unda sotsializmning to‘liq rivojlanishi uchun buyuk Shimoliy Koreya xalqi va suyukli avlodlari uchun zarracha kechiktirmasdan g‘alaba qozonish kerak», deyiladi matnda.

Shuningdek, Kim Chen In partiya va Shimoliy Koreya xalqi bu yil ham o‘zining eng katta g‘alabasini qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi. Shu bilan birga, KMTA tomonidan e’lon qilingan bayonotda AQSh yoki Janubiy Koreyaga havolalarni o‘z ichiga olmagan.

Oxirgi ikki yil davomida Kim Chen In xalqqa yangi yil xabarlarini e’lon qilmagan va partiyaning yirik yig‘ilishlaridagi chiqishlaridagina fuqarolarga o‘z fikrlarini yetkazishni afzal ko‘rgan.

2021 yil oxirida ommaviy axborot vositalari Kim Chen Inning tashqi ko‘rinishidagi yana bir o‘zgarishga e’tibor qaratdi. Shimoliy Koreya yetakchisi davlat rahbari sifatidagi o‘n yillik faoliyati davomida har qachongidan ozgan ko‘rinadi.