Kim qiladi-ya, shuginani-ya?!

Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi “Nihol” restorani oldida ichimlik suvi quvurining teshilishi oqibatida buloq paydo bo‘lgan.

Shu hududda yashovchi aholining aytishicha, bu "buloq"dan qariyb 20 kundan buyon aholi xonadoniga borishi kerak bo‘lgan obihayot isrof bo‘lib, ariqda oqib yotibdi.

Bir tomonda shaharning boshqa bir qismida esa shu paytda avariya tufayli ichimlik suv berish to‘xtatilgan.

"Suvoqova" ishlab chiqarish korxonasi Samarqand shahar bo‘limi mas’ullari bu muammoni qachon bartaraf etisharkan?

Baxtiyor MUSTANOV lavhasi.