Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kobul maktablarida portlash sodir bo‘ldi

Kobul g‘arbidagi maktablarda sodir bo‘lgan portlashlarda olti kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi, deya xabar beradi mahalliy politsiya.

“18-mavzedagi Abdul Rahim Shahid nomidagi o‘rta maktabda sodir bo‘lgan uchta portlash shia millatiga mansub yurtdoshlarimiz orasida qurbon bo‘lishiga olib keldi”, deyiladi huquq-tartibot idorasidan RIA Novosti olgan xabarida.

Avvalroq manba agentlikka Kobulning Dasht-i-Barchi tumanidagi maktabda portlash sodir bo‘lgani, olti kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralanganini ma’lum qilgandi.

Bundan oldin Kobuldagi «Mumtoz» maktabi hududida va g‘arbiy qismida portlash sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida bir necha kishi jarohatlangan.