Koksartrozdan qutulishning yo‘li bormi?

- Yoshim 62 da, ikki yildan beri tizza og‘rig‘idan azob chekaman. Tibbiy ko‘rikda menga koksartroz kasalligi tashxisini qo‘yishdi. Bir qancha shifokorlarga uchradim, ularning aytganlarini qilib, dori-darmon qabul qilyapman, lekin og‘riq qolmayapti? Bu o‘zi qanaqa kasallik, uni jarrohlik yo‘li bilan davolab bo‘lmaydimi?
Usmon HOTAMOV, Samarqand shahri.
Koksartroz - tos-son bo‘g‘im artrozi kasalligi bo‘lib, asosan o‘rta va keksa yoshli kishilarda uchraydi. Bemor harakatlanganda kuchli og‘riqni his qiladi. Koksartroz jarohatlar, umurtqa pog‘onasining potologik qiyshayishi, bo‘g‘imlarning yallig‘lanish kasalliklari oqibatida kelib chiqishi mumkin.
Bugungi kunda dunyo aholisining 10-15 foizi artroz kasalligi bilan og‘rigan. Koksatroz esa bu kasallikning eng ko‘p uchraydigan turlaridan biri. Yosh o‘tgan sari unga chalinish xavfi oshadi. Kasallik alomatlari 30-40 yoshda aniqlanadi.
Muntazam og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish ham koksartrozga olib keladi. Agar bunday harakatlar doim bir xil takrorlanadigan bo‘lsa, kasallanish vaqti yaqinlashaveradi. Masalan, tizza bo‘g‘imi artrozi futbolchilarning "professional" xastaliklardan biri sanaladi. Vazni og‘ir odamlar ham shu kasallikka moyil bo‘ladi. Agar ikkita bo‘g‘imning bir-biriga tegib turuvchi yuzasi yaxshi tutashmasa, koksartroz kelib chiqadi. Chunki bunday holatda tog‘ayga bosim bir xilda tushmaydi. Koksartrozning bu ko‘rinishi ko‘proq skoliozga chalingan yoki yassi oyoqli insonlarda rivojlanadi. Shuningdek, bo‘g‘imlar jarohatlanishi, yallig‘lanishi, shamollashi, modda almashinuvi va qalqonsimon bez faoliyati buzilishi ham bunga sabab bo‘ladi.
Kasallikning erta bosqichida bo‘g‘imdagi o‘zgarishlarda biroz qirsillash eshitila boshlaydi. Keyinroq ovoz kuchayib, bemor harakatlanganda tez charchab qoladi. Qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, tungi betinim og‘riqlar bezovta qiladi. Odatda ular harakatlanganda susayadi. Agar tizzalarda og‘riq paydo bo‘lsa, tos suyagi bilan son suyagini tutashtirgan bo‘g‘im koksartrozi alomatlaridan biri boshlanadi. Shuningdek, bo‘g‘im atrofi to‘qimalarida yallig‘lanish alomatlarini ham ko‘rish mumkin.
Ateroskleroz, klimaks, mastopatiya, fibromioma kabi holatlarni boshdan kechirayotganlar uchun bu usul tavsiya etilmaydi. Shuningdek, koksartrozni davolashda elektroforez, lokal baroterapiya, metabolik terapiya kabi usullardan ham foydalanish mumkin.
Bugungi kunda shifoxonamizda bu kasallik bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash keng yo‘lga qo‘yilgan. Shifokorlarimiz 8 yildan beri chanoq-son bo‘g‘imlarini endoprotezlash amaliyotini o‘tkazib keladi.
Odilbek AVEZOV, respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘lim boshlig‘i.