Ko‘mir sanoatining qisqarishi, Rossiya va Xitoyning ishtirokdan bosh tortishi va hafsalasi pir bo‘lgan BMT: G20 sammitida nimalar tilga olindi?
Chaqiriqlar juda ko‘p, ammo aniq majburiyatlar kam. G20 iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralar shu tariqa yakunlandi. Yakuniy deklaratsiyada sammit ishtirokchilari sayyoradagi o‘rtacha yillik haroratni sanoatdan oldingi davrga nisbatan 1,5 darajadan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida ekanliklarini tasdiqlashdi.
Eng keskin chora - ko‘mir energetikasiga xalqaro investitsiyalar kiritishni cheklash bo‘ldi. Italiya bosh vaziri Mario Dragining so‘zlariga ko‘ra, hatto bunday deklaratsiyani ham muvofiqlashtirish oson bo‘lmadi:
“Sammitning muvaffaqiyati nimada? Xo‘sh, G20 mamlakatlari bir qator tezkor harakat va o‘rta muddatli majburiyatlar orqali 1,5 daraja chegarasini saqlab qolishga harakat qilishga va’da berishdi. Biz esa ko‘mirni o‘tmishda qoldirib, 2021 yildan boshlab notoza ko‘mirni yoqish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishni hisobga olmaganda, xalqaro davlat majburiyatlaridan boshlashga qaror qildik".
Dunyo bo‘yicha chiqariladan chiqindi gazlarining 80 foizi yuqoridagi G20 mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Qizig‘i shundaki, eng yirik chiqindi chiqaruvchi davlatlardan uchtasi — Xitoy, Rossiya va Saudiya Arabistoni mazkur sammitga qatnashmadi. Xolbuki shusiz ham anjumanning samaradorligi shubha ostiga olinayotgan edi. Ko‘p miqdorda ko‘mirdan foydalanuvchi yana bir mamlakat — Hindiston ham hozircha bu tashabbuslarga e’tiborsiz ekani aytilmoqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson G20 bayonotini bor-yo‘g‘i "mo‘’tadil taraqqiyot" deb atadi. U BMTning Glazgodagi iqlim konferensiyasi ishtirokchilarini yanada qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi:
"Agar Glazgo muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, hammani muvaffaqiyatsizlik kutadi. Parij kelishuvi birinchi hisob-kitobdayoq parchalanadi, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashning dunyodagi yagona hayotiy mexanizmi g‘arq bo‘ladi. Hozir esa Parij kelishuvi va uning ortidagi umidlar hali to‘ldirish kerak bo‘lgan oppoq qog‘oz xolos.
G20ni qat’iyroq choralar ko‘rishga shuningdek, ekofaollar va siyosatchilar chaqirishdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish sammit natijalari uning umidlarini oqlamaganini bildirdi. AQSh prezidenti Jo Bayden esa iqlim bo‘yicha muzokaralarga befarq bo‘lgan Rossiya va Xitoyni tanqid qildi.
Sammitda qo‘yilgan vazifalar taqdiri hozircha noma’lum, lekin ishtirokchilarning sayyorani daraxtga burkash rejasi amalga oshishiga umid bor. Gap shundaki, «Katta yigirmalik» yetakchilari hukumatning Kidji saroyi tomonidan tarqatilgan sammit yakuniy deklaratsiyasiga ko‘ra, 2030 yilgacha sayyorada 1 trillion daraxt ekishni maqsad qilgan. Hujjatda: “Biz birgalikda 1000 milliard daraxt ekish, bunda dunyoning eng halokatli ekotizimlariga e’tibor qaratish kabi ulkan maqsadlarga qo‘shilamiz», deyiladi hujjatda.