Kongress Baydenning AQSh prezidenti etib saylanishini ma’qulladi

Kongress Kapitoliydagi tartibsizliklar fonida demokrat Jo Baydenning AQSh prezidenti etib saylanishini ma’qulladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Bayden saylovda g‘alaba qozonishni ta’minlagan Kongress saylovchilarining 270 dan ortiq ovoziga ega bo‘ldi. Kongressda saylovchilar tomonidan berilgan ovozlarning ma’qullanishi esa prezident saylovi natijalariga qarshi chiqish imkoniyatini konstitutsiyaviy cheklaydi.

6 yanvar kuni AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning tarafdorlari so‘nggi saylovlar natijalarini tan olmaganliklarini namoyish etib, AQSh Kongressi binosiga bostirib kirishdi. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, Vashingtondagi namoyishlarda to‘rt kishi halok bo‘lgan, kamida 20 nafardan ziyod namoyishchi hibsga olingan. Vashington meri Myuriel Bauzer komendantlik soati e’lon qilgan.