Ko‘p qavatli uylar yerto‘lasi ijara to‘lovlari eng kam miqdori belgilandi
- 01.02.2022 11:18
- 868
- Iqtisodiyot
Shahar va tumanlardagi ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdorlarini belgilash to‘g‘risida viloyat hokimining qarori e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalarida oziq-ovqat va nooziq ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqalar uchun yillik to‘lov Samarqand shahri uchun 54 400 so‘m, tumanlar va boshqa shaharlar uchun 44 400 so‘m etib belgilangan.
Qaror ilovasida ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalaridan boshqa turdagi maqsadlarda foydalanish uchun to‘lovlar to‘liq keltirilgan.