Koronavirus antigeni va antitelo testlarining bir-biridan farqi nimada?

Bu haqda SSV huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lumot berdi.

Inson organizmida koronavirus mavjudligini aniqlash uchun antitanani PZR testi usulida yoki ekspress-testlar yordamida aniqlaymiz. PZR testida insonning burun va burun-halqum bo‘shlig‘idan surtma olinadi. Bu test usulining sezuvchanligi 90 foiz bo‘lib, natijalar sonlarda keltirilgan holda olinishi mumkin.

Koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlash uchun ekspress-testlar organizmga tushgan koronavirusga nisbatan immun tizimining kurashish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi. Bunda biz kasallik jarayonini kechuv davri, organizmning virusga qarshi qanday kurashayotganini va hosil qilgan immunitet tanachalarini baholashimiz mumkin.

Bu usulda insonning qon namunasi tekshiriladi. Ammo bu test natijalarini kasallik diagnostika uchun ishlata olmaymiz. Chunki organizmning virusga nisbatan immun javob reaksiyasi kasallikning 7–10-kunlari boshlanishi mumkin. Bemorlarda esa, ayniqsa, yengil kechirayotganlarda kasallik alomatlari o‘tib bo‘lgan va organizmdan virus chiqib ketgan bo‘lishi mumkin. Kasallikni o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir kechirayotgan bemorlarda bu davrda kasallik zo‘rayishi va kasalxonaga tushib qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi.