Koronavirus haqida 1981 yilda yozilgan edi

Sayyoramizda halokatli koronavirus tarqalayotgan bugungi kunda COVID-19 Xitoyning Uzayedagi maxsus laboratoriyasidan «qochgani» haqidagi mish-mishlar bot-bot tilga olinmoqda. Xitoy hukumati bu taxminni inkor etmoqda. Ammo… yuqumli virus haqida amerikalik yozuvchi Din Kunse 1981 yilda o‘zining «Zulmat ko‘zi» asarida yozgani kishida hayrat uyg‘otadi.

Asarda allaqanday virus «Uxan-400» ramziy nomda Xitoy laboratoriyasida ommaviy qirg‘in quroli sifatida yaratilgani yoziladi. Oradan qirq yil o‘tsa-da, romanda tasvirlangan vaziyat hozirgi kundagi faoliyatga bir tomchi suvday o‘xshaydi. Kitob syujetiga ko‘ra, harbiy laboratoriyadan allaqanday olim Xitoyning diskka yozilgan eng xavfli biologik qurolini AQSh maxsus xizmatiga berish uchun amerika hukumati tarafiga o‘tadi. Ushbu qurol yordamida Xitoy aholisi Yer yuzi bo‘yicha alohida shaharlarni va davlatlarni oldindan tark etishni rejalashtirgandi. Koronavirusning nomi va bugungi kunda paydo bo‘lishi fantast-yozuvchining qaysidir ma’noda haq bo‘lib chiqqanini ko‘rsatmoqda.

Tog‘aymurod ShOMURODOV tayyorladi.