Koronavirus jahon bozorida neft va gaz narxiga ta’sir o‘tkazmoqda
- 04.02.2020 11:34
- 210
- Dolzarb
Xitoydagi koronavirus epidemiyasi jahon bozoridagi neft va gaz narxiga ham ta’sir etmay qolmadi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati Moody’s Analytics’ga asoslanib xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, Brent markaning narxi bir barreli uchun 57 dollardan pastga tushgan. Xitoy iqtisodiyoti jihatidan dunyodagi ikkinchi yirik mamlakat hisoblanadi. Mamlakatda savdo, transport, tovar va xizmatlar eksporti, turistik oqimlarning sekinlashuvi boshqa davlatlar iqtisodiyotiga ham ta’sir qilmoqda.
Global tadqiqotlar bo‘limi tahlilchisi fikriga ko‘ra, vaksina qanchalik tez ishlab chiqarilib, kasallik tarqalishining oldi olinsa, narx pasayishining oldi olinadi.
Shuningdek, 2019-nCoV koronavirusi jahon iqtisodiyotiga 2008-2009 yillardagi moliyaviy inqirozdan ko‘ra, ko‘proq ta’sir qilishi mumkinligi xabar qilingan.

O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- 31 daqiqa avval
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- 46 daqiqa avval
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- 1 soat avval
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- 1 soat avval
- Dolzarb