Koronavirus og‘ir asoratlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak?

Isroil kasalxonasi terapiya bo‘limi mudiri, shifokor-infeksionist Galina Golsmanning aytishicha, koronavirusga chalingan bemorlarda og‘ir asoratlar yuzaga kelishining oldini olish uchun og‘ir belgilar bo‘lmagan taqdirda ham qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini kuzatib borish kerak.

Agar saturatsiya ko‘rsatkichi 94 foizdan past bo‘lsa, bemor o‘zini yaxshi his qilgan holatda ham shifoxonaga borish zarur. Holatni kuzatib borish uchun mutaxassis saturatsiyani o‘lchovchi pulsoksimetr sotib olishni tavsiya qilmoqda.

Shifokor simptomlar yengil bo‘lganda koronavirusni oddiy grippdek davolash: dam olish, issiq suyuqlik ichish va zarur holatda paratsetamol asosidagi issiq tushiruvchi dori qabul qilish haqida maslahat bermoqda.

Shuningdek, zudlik bilan COVID-19 ga test topshirish va O‘RVIning ilk simptomlaridayoq o‘z-o‘zini izolyasiya qilish lozim.